Philips Saeco SM8780/00 - Manual de uso - Página 47

Philips Saeco SM8780/00

Máquina de café Philips Saeco SM8780/00 - Manual de uso, léela gratuitamente en línea en formato PDF. Esperamos que esto te ayude a resolver cualquier duda que puedas tener. Si tienes más preguntas, contáctanos a través del formulario de contacto.

Cargando la instrucción

359

O'zbek

CoffeeMaestro bilan tezlashtiring

Mashinangiz barcha sozlamalarni alohida oʻzgartirish oʻrniga CoffeeMaestro funksiyasi bilan taʼm profillarini
tanlash imkoniyati taklif qiladi. Delicato, Intenso va Forte orasidan tanlashingiz mumkin. CoffeeMaestro
taʼm profilini tanlash uchun:

1

Oʻzingizga yoqqan ichimlik belgisini bosing (Rasm 6).

2

CoffeeMaestro belgisini qayta-qayta bosing (Rasm 7).
-

Endi ichimlikning asosiy sozlamalari mos ravishda oʻzgartirildi.

3

Ichimlik damlashni boshlash uchun start/stop belgisini bosing.

CoffeeEqualizer Touch+ funksiyasi bilan ichimligingizni moslashtiring

Ichimlikni tanlaganingizdan keyin CoffeeEqualizer Touch

+

funksiyasi avtomatik faollashib, sizga ichimlik

sozlamalarini oʻzgartirish imkonini beradi. Yordam funksiyasini faollashtirish va keyingi axborotlarni olish
uchun displeydagi elementlarning har birini bosib turing.

CoffeeEqualizer Touch

+

funksiyasi bilan quyidagi sozlamalarni rostlay olasiz:

1

Ifor kuchliligi

2

Qahva miqdori

3

Sut miqdori

4

Suv miqdori

5

Ichimlik harorati

6

Koʻpik miqdori

7

Qahva ifori

8

1 yoki 2 finjon tayyorlashni qaror qilishingiz
ham mumkin

9

Birinchi qahva yoki sut quyish tartibi

Izoh: Sozlanadigan parametrlar tarkibi qaysi ichimlikni tanlaganingizga bogʻliq.

Sevimli ichimliklaringizni profilda saqlash

Bu mashina ichimlik xususiyatlarini sizning istagingizga qarab oʻzgartirish va oʻzgartirilgan ichimlikni shaxsiy
profilga saqlab qoʻyish imkonini beradi. Profil tanlashingiz va profillar yordamida retsept saqlashingiz
mumkin.

Profil belgisi yordamida profil yaratishingiz va ichimlik qoʻshishingiz mumkin.

1

Asosiy menyudagi profil belgisini bosing (Rasm 8).

2

Plyus belgisini bosing (Rasm 9).

3

Ismingizni yozing va sevimli belgingizni tanlang.

4

Ichimlik qoʻshishga tayyorsiz. Oʻzingizga yoqqan ichimlik belgisini bosing.

5

CoffeeEqualizer Touch

+

yoki CoffeeMaestro funksiyasi orqali ichimlikni moslashtiring.

6

Uni shaxsiy profilingizga saqlash uchun “Profilga saqlash” tugmasini bosing (Rasm 10).

Qoʻshimcha quyish (ExtraShot)

Mashinangiz qahva va sutli ichimliklaringizga, masalan, oʻtkirroq qahva ichmoqchi boʻlsangiz, qoʻshimcha
Ristretto quyish imkoniyatini taklif qiladi.

1

Finjonni dispenser tagiga qoʻying.

2

Ichimlikni tanlash uchun bir marta bosiladigan ichimliklar belgilarining birini bosing (Rasm 6).

3

Oʻtkirlikning yuqori darajasini sozlash uchun sozlanuvchi panelni yuqoriga suring va keyin ExtraShot
funksiyasini tanlang (Rasm 11).

4

Keyin ichimlik damlashni boshlash uchun start/stop belgisini (faqat SM8780, SM8782, SM8785) yoki
start belgisini (faqat SM8885, SM8889) bosing.

5

Mashina yakunlashidan avval ichimlik quyishni toʻxtatish uchun start/stop belgisini (faqat SM8780,
SM8782, SM8785) qayta bosing yoki stop belgisini (faqat SM8885, SM8889) qayta bosing.

ExtraShot funksiyasini tanlaganingizda, bir vaqtda faqat bitta qahva damlay olasiz.

Qoʻshimcha quyish funksiyasi barcha ichimliklar uchun ishlamaydi.

"Cargando la instrucción" significa que debes esperar hasta que el archivo se cargue y puedas leerlo en línea. Algunas instrucciones son muy grandes y el tiempo de carga depende de la velocidad de tu conexión a Internet.

Otros modelos de máquinas de café Philips