Philips Saeco SM8780/00 - Manual de uso - Página 49

Philips Saeco SM8780/00

Máquina de café Philips Saeco SM8780/00 - Manual de uso, léela gratuitamente en línea en formato PDF. Esperamos que esto te ayude a resolver cualquier duda que puedas tener. Si tienes más preguntas, contáctanos a través del formulario de contacto.

Cargando la instrucción

361

O'zbek

AquaClean suv filtri

Mashinangizda AquaClean funksiyasi yoqilgan. Qahvangiz taʼmini saqlab qolish uchun AquaClean suv filtrini
suv idishiga qoʻyishingiz mumkin. Bu mashinangizda qasmoq toʻplanishini kamaytirib, qasmoqdan
tozalashga boʻlgan talabni pasaytiradi. AquaClean suv filtrini mahalliy yoki onlayn dilerdan yoki vakolatli
xizmat markazlaridan xarid qilishingiz mumkin.

AquaClean filtrining holat indikatori

AquaClean filtrining holati doim “Holat” menyusida foiz sifatida chiqib turadi.
-

AquaClean filtri holati 10% yoki undan kam boʻlsa, har safar mashinani yoqqaningizda ekran xabarni 2
soniya koʻrsatadi. Bu xabar yangi filtr xarid qilishni tavsiya qiladi.

-

Agar filtrning holati 0% boʻlsa, har safar mashinani yoqqaningizda mashina sizdan AquaClean filtrini
almashtirishni soʻraydi.

AquaClean suv filtrini faollashtirish (5 daq.)

Mashina, filtr suv idishga qoʻyilganini avtomatik aniqlamaydi. Shu bois oʻrnatilgan har bir yangi

AquaClean filtrini “Holat” menyusiga kirib faollashtirishingiz talab qilinadi.

Mashina filtrni faollashtirish xabarini koʻrsatishni toʻxtatganida ham AquaClean suv filtrini hamon

faollashtira olasiz, biroq avval mashinani qasmoqdan tozalashingiz kerak boʻladi.

AquaClean suv filtridan foydalanishni boshlashingizdan avval, mashinangiz qasmoqdan toʻliq tozalangan

boʻlishi zarur.

AquaClean suv filtrini faollashtirishdan avval uni quyida tavsiflanganidek suvga botirish orqali tayyorlab olish
lozim. Agar bunday qilmasangiz, mashinaga suv oʻrniga havo kirib qolish ehtimoli mavjud. Bu oʻz oʻrnida
juda koʻp shovqin chiqishiga va mashina qahva damlashda toʻsqinlikka uchrashiga olib kelishi mumkin.

1

“Holat” belgisini bosib, “AquaClean” bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring.

2

Faollashtirish ekrani chiqqanida tasdiqlash belgisini qayta bosing. Ekrandagi koʻrsatmalarga rioya
qiling.

AquaClean suv filtrini almashtirish (5 daq.)

Filtrdan 95 litr suv oʻtgandan keyin filtr ishlamay qoladi. AquaClean holati indikatori 0 foizga tushib, filtrni
yangisiga almashtirish kerakligini eslatadi. Agar AquaClean suv filtrini vaqtida almashtirmasangiz, hamon
filtrni almashtirishingiz mumkin, lekin dastlab mashinani qasmoqdan tozlashingiz kerak boʻladi.

AquaClean holat indikatori 0 foizga tushib ketganida yoki mashina sizga AquaClean filtrini almashtirishni
eslatganida:

1

eski AquaClean suv filtrini chiqaring.

2

yangi filtrni “AquaClean suv filtrini faollashtirish (5 daq.)” bobida tavsiflanganidek oʻrnatib, faollashtiring.

AquaClean suv filtrini, hatto mashina almashtirish zarurligini koʻrsatmasa ham, har 3 oyda almashtiring.

Damlash guruhini chiqarish va kiritish

Ekranda “Holat” menyusiga kiring va “Damlash guruhini tozalash” bandini tanlang yoki kiritish va tozalashni
qanday amalga oshirishga oid batafsil video koʻrsatmalarni

www.saeco.com/care

sahifasida tomosha

qilish mumkin.

Mashinadan damlash guruhini chiqarish

1

Xizmat eshigini oching (Rasm 15).

2

Qahva qoldiqlari konteynerini chiqaring (Rasm 16).

"Cargando la instrucción" significa que debes esperar hasta que el archivo se cargue y puedas leerlo en línea. Algunas instrucciones son muy grandes y el tiempo de carga depende de la velocidad de tu conexión a Internet.

Otros modelos de máquinas de café Philips