Samsung Tab Active Pro - Manual de uso - Página 184
Tableta Samsung Tab Active Pro - Manual de uso, léela gratuitamente en línea en formato PDF. Esperamos que esto te ayude a resolver cualquier duda que puedas tener. Si tienes más preguntas, contáctanos a través del formulario de contacto.
O'zbek
619
Xavfsizlik ma’lumoti
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik ma’lumotlarini o‘qib chiqing. U qurilmalar
uchun umumiy xavfsizlik ma’lumotlariga va Sizning qurilmangizga tegishli bo‘lmagan tarkibga ega
bo‘lishi mumkin. O‘zingiz va boshqalarga yoki qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun ogohlantirish
ko‘rsatmalariga rioya qiling.
“Qurilma” termini mahsulot va uning batareyasi, mahsulot bilan birga taqdim etilgan elementlar va
mahsulot bilan ishlatiladigan barcha Samsung tomonidan tasdiqlangan aksessuarlarni bildiradi.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik jiddiy
shikastlanishga yoki o‘limga olib kelishi mumkin
Qurilmangiz tarkibida magnitlar mavjud. Qurilmangiz va magnitlar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan
obyektlar orasidagi xavfsiz masofani saqlang, jumladan, kredit kartalar va inson tanasiga
joylashtiriladigan tibbiy buyumlar. Agar tanangizda joylashtiriladigan tibbiy buyum bo‘lsa,
foydalanishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, quvvat kabellari, vilkalari yoki elektr rozetkalarga ho‘l qo‘l yoki boshqa ho‘l tana a’zolari bilan
teginmang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kabelni chiqarib olayotganda vilkani qattiq tortmang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma zaryadlanayotganda, qurilmani ho‘l qo‘l bilan ishlatmang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Zaryadlash qurilmasining musbat va manfiy uzatgichlarini bir-biriga ulamang
Bunday qilish yong‘inni keltirib chiqarishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
"Cargando la instrucción" significa que debes esperar hasta que el archivo se cargue y puedas leerlo en línea. Algunas instrucciones son muy grandes y el tiempo de carga depende de la velocidad de tu conexión a Internet.