Samsung Tab Active Pro - Manual de uso - Página 192

Samsung Tab Active Pro

Tableta Samsung Tab Active Pro - Manual de uso, léela gratuitamente en línea en formato PDF. Esperamos que esto te ayude a resolver cualquier duda que puedas tener. Si tienes más preguntas, contáctanos a través del formulario de contacto.

Cargando la instrucción

O'zbek

627

Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu qo‘llanmadagi barcha
ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida
kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan qoplanmasligi
mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar
kafolat tomonidan qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan
zararlar qoplanmaydi.

Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting

Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.

Bevosita mikrofonga gapiring.

Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang

Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga
kirmasligi mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi
mumkin.

Batareyani qismlarga bo‘lmang yoki qayta ishlatmang.

Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan holatdagi qurilmadan batareyani olib
tashlasangiz, bu qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.

Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting

Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.

Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.

Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish qurilma korpusini yemirishi yoki uning
rangini o‘chirishi, elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Quirlmani chang, ter, siyoh, yog’ va kosmetika, antibakterial sprey, ko‘l tozalagich, yuvish vositasi
va insektisidlar kabi kimyoviy moddalar ta’sirida qolldirmang. Qurilmaning ichki va tashqi qismlari
shikastlanishi mumkin yoki natijada u yaxshi ishlamasligi mumkin. Agar qurilmangizga yuqorida sanab
o‘tilgan moddalardan biri tegsa, uni tozalash uchun tuksiz, yumshoq matodan foydalaning.

Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating

Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.

Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga halaqit bermang

Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat bering

Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi
mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.

"Cargando la instrucción" significa que debes esperar hasta que el archivo se cargue y puedas leerlo en línea. Algunas instrucciones son muy grandes y el tiempo de carga depende de la velocidad de tu conexión a Internet.