Samsung Tab Active Pro - Manual de uso - Página 194

Samsung Tab Active Pro

Tableta Samsung Tab Active Pro - Manual de uso, léela gratuitamente en línea en formato PDF. Esperamos que esto te ayude a resolver cualquier duda que puedas tener. Si tienes más preguntas, contáctanos a través del formulario de contacto.

Cargando la instrucción

O'zbek

629

Zararli dastur va viruslar

Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarga rioya qiling.
Ularga amal qilmaslik kafolat tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi
mumkin

Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.

Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.

Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni o‘chiring.

Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.

Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.

Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish mavjudligini tekshirish uchun antivirus
dasturini ishga tushiring.

Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin antivirus dasturini ishga tushiring.

Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni tekshirish uchun ularni ishga tushiring.

Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion tizimini o‘zgartirmang.

SAR sertifikatlari haqida ma‘lumot

Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun

www.samsung.com/sar saytiga tashrif buyuring va qurilmangizni model

raqami bo‘yicha qidiring.

Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari

(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)
Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni anglatadiki, bu mahsulot va uning
aksessuarlari (misol uchun quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar bilan birga
tashlab yuborilmasligi lozim.
Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va insonlarga zarar yetishining
oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta ishlash va resurslardan unumli foydalanish
maqsadida takroran foydalanish uchun, iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy

chiqindilardan ajrating.
Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz utilizatsiya qilishlari mumkin bo‘lgan joy va
usullar haqidagi ma’lumotlarni, ushbu mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy hokimiyat organidan
olishlari mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid qilish shartnomasidagi muddat va
shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat
chiqindilari bilan aralashtirilmasligi lozim.

"Cargando la instrucción" significa que debes esperar hasta que el archivo se cargue y puedas leerlo en línea. Algunas instrucciones son muy grandes y el tiempo de carga depende de la velocidad de tu conexión a Internet.