Saeco SM8889/00 Máquina de café – Manual de instrucciones en formato pdf, léalo en línea gratis. Esperamos que le ayude a resolver cualquier duda que pueda tener al utilizar el aparato.
Si aún tiene preguntas, escríbalas debajo del manual de instrucciones.
"Estamos cargando el manual" significa que debe esperar a que se cargue el archivo para poder leerlo en línea. Algunos manuales son muy pesados y el tiempo que tardan en aparecer depende de su velocidad de internet.
365
O'zbek
-
“HygieSteam”: mashina ichki sut tizimini bugʻ bilan yaxshilab chayadi. HygieSteam konteyneri mashinaga
toʻgʻri joylangan (Rasm 34) va biriktirilganini tekshiring (Rasm 35). Sut naychasi tutqichiga sut naychasini
joylang (Rasm 36) va ekrandagi koʻrsatmalarga amal qiling.
-
“Sutdan chuqur tozalash”: Ichki sut tizimini yaxshilab tozalash uchun Philips sut zanjirini tozalash vositasi
bilan “Sutdan chuqur tozalash” jarayonini amalga oshiring.
Joʻmrak tagida ichki kapuchinatorni tozalash
1
Ichki kapuchinator eshigini oching (Rasm 37).
2
Ichki kapuchinatorni pastga tortish orqali uni chiqaring (Rasm 38).
3
Ichki kapuchinator yuqori qismidan quyi qismini tortish orqali uni qismlarga ajrating (Rasm 39).
4
Barcha qismlarini ajrating (Rasm 40) va ularni joʻmrak tagida tozalang.
5
Ichki kapuchinatorni qayta yigʻing.
6
Ichki kapuchinatorni qayta joyiga qoʻyish uchun uni tik holatda qoʻying va teshiklarni mashinadagi ikkita
naychaga moslang. Keyin ichki kapuchinatorni joyiga mahkamlangunigacha yuqoriga harakatlantiring
(Rasm 1).
7
Eshikni yoping.
Batafsil video koʻrsatmalar uchun
www.saeco.com/care
sahifasiga kiring.
Qasmoqdan tozalash jarayoni
Faqat Philips qasmoqdan tozalash vositasidan foydalaning. Hech qanday holatda sulfat kislota, gidroxlorid
kislota, sulfamik kislota yoki sirka kislotasi (sirka) asosidagi qasmoqdan tozalash vositasidan foydalanmang,
chunki bu mashinangizdagi suv aylanishiga zarar yetkazishi mumkin va qasmoqni toʻgʻri eritib yubormaydi.
Philips qasmoqdan tozalash vositasini ishlatmaslik, sizga berilgan kafolat bekor qilinishiga olib keladi. Jihozni
qasmoqdan tozalash amalga oshmasligi ham sizga berilgan kafolatni bekor qiladi. Philips qasmoqdan
tozalash vositasini mahalliy yoki onlayn dilerdan yoki vakolatli xizmat markazlaridan xarid qilishingiz
mumkin.
1
Mashina sizdan uni qasmoqdan tozalashni soʻraganida boshlash uchun tasdiqlash tugmasini bosing.
Mashinani ogohlantirishisiz qasmoqdan tozalashni boshlash uchun “Holat” belgisini bosing va
“Qasmoqdan tozalash” bandini bosing.
2
Tomchi novi, qahva quyqasi idishi va HygieSteam idishini (Rasm 26) olib tashlang, ularni boʻshating va
qaytarib joyiga qoʻying.
3
Suv idishni chiqaring va uni boʻshating. Keyin AquaClean filtrini olib tashlang.
4
Philips qasmoqdan tozalash vositasining butun idishini suv idishiga soling va keyin uni CALC CLEAN
darajasigacha suv bilan toʻldiring (Rasm 41). Keyin suv idishni mashinaga qayta joylang.
5
Qahva dispenseri tagiga katta idish (1,5 litr) qoʻying.
6
HygieSteam konteyneri mashinaga toʻgʻri joylangan (Rasm 34) va biriktirilganini tekshiring (Rasm 35). Sut
naychasini sut naychasi tutqichiga joylang.
7
Qasmoqdan tozalash jarayonini boshlash uchun ekrandagi koʻrsatmalarga amal qiling. Qasmoqdan
tozalash jarayoni taxminan 30 daqiqa davom etadi va qasmoqdan tozalash siklidan va chayish siklidan
iborat boʻladi.
8
Qasmoqdan tozalash jarayoni yakunlangach, suv idish va suv konturini chayishingiz kerak. Ekrandagi
koʻrsatmalarga rioya qiling.
9
Suv idishga yangi AquaClean filtrini joylang va uni faollashtiring (Qarang: 'AquaClean suv filtrini
faollashtirish (5 daq.)').
Maslaxat: AquaClean filtridan foydalanish, qasmoqdan tozalash zaruratini kamaytiradi!
¿Tiene más preguntas?¿No ha encontrado la solución a su problema en el manual o tiene otros problemas? Haga su pregunta en el siguiente formulario con una descripción detallada de su situación para que otras personas y expertos puedan responderla. Si sabe cómo resolver el problema de otra persona, ayúdele :)