Saeco SM6580/10 Máquina de café – Manual de instrucciones en formato pdf, léalo en línea gratis. Esperamos que le ayude a resolver cualquier duda que pueda tener al utilizar el aparato.
Si aún tiene preguntas, escríbalas debajo del manual de instrucciones.
"Estamos cargando el manual" significa que debe esperar a que se cargue el archivo para poder leerlo en línea. Algunos manuales son muy pesados y el tiempo que tardan en aparecer depende de su velocidad de internet.
307
O'zbek
Siz har doim mashinaning zavod sozlamalarini qayta tiklashingiz mumkin (Qarang: 'Zavod
sozlamalariga qaytarish').
Mehmon profili
Mashinangiz mehmon profili bilan jihozlangan. Mehmon profili tanlangan boʻlsa, profil belgisi oʻchadi. Shu
profilni tanlaganingizda sozlamalarni hamon oʻz istagingizga qarab moslashtira olasiz, ammo siz damlagan
ichimlik retsepti saqlab qoʻyilmaydi.
Qoʻshimcha quyish (ExtraShot)
Mashinangiz qahva va sutli ichimliklaringizga, masalan, achchiqroq qahva ichmoqchi boʻlsangiz, qoʻshimcha
Ristretto quyish imkoniyatini taklif qiladi.
1
Finjonni joʻmrak ostiga qoʻying.
2
Biror ichimlikni tanlash uchun bir teginishli ichimlik belgilaridan birini bosing (Rasm 2) yoki boshqa
ichimlikni tanlash uchun “More drinks” belgisini bosing (Rasm 3).
3
Yuqori darajadagi achchiqlikni sozlash uchun tepaga qaragan strelkadan foydalaning va ExtraShot
funksiyasini tanlang (Rasm 17).
4
Boshqa sozlamalarni moslashtirishni istasangiz, OK belgisini bosing. Keyin ichimlik damlashni boshlash
uchun start/stop tugmasini bosing.
5
Mashina ishni yakunlashidan avval ichimlik quyishni toʻxtatish uchun start/stop tugmasini yana bosing.
ExtraShot funksiyasini tanlaganingizda bir vaqtda faqat bir finjon qahva damlashingiz mumkin.
Mashina sozlamalarini oʻzgartirish
Suv qattiqligini sozlash
Maqbul unumdorlik va mashinaning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida, suvning qattiqlik
sozlamasini, mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasiga rostlashni tavsiya qilamiz. Bu mashinani
qasmoqdan tez-tez tozalashdan ham saqlaydi. Suv qattiqligining standart sozlamasi 4 ta: qattiq suv.
Mintaqangizdagi suv qattiqligi darajasini aniqlash uchun qutidagi suv qattiqligini
tekshirish tasmasidan foydalaning:
1
Suv qattiqligini tekshirish tasmasini joʻmrak suviga botiring yoki uni joʻmrak tagida 1 soniya tutib turing
(Rasm 18).
2
1 daqiqa kuting. Tekshirish tasmasidagi qizil rangga boʻyalgan kataklarning soni, suvning qattiqligini
anglatadi (Rasm 19).
Mashinani toʻgʻri suv qattiqligiga sozlang:
1
Sozlamalar belgisini bosing va tepaga yoki pastga ishora belgilaridan foydalanib, “Suv qattiqligi”
bandini tanlang. Tasdiqlash uchun OK belgisini bosing.
2
Suv qattiqligi darajasini tanlash uchun tepaga yoki pastga ishora belgilaridan foydalaning. Displeyda
tanlangan qizil kataklarning soni, tekshirish tasmasidagi qizil rangga boʻyalgan kataklarning soniga teng
boʻlishi lozim (Rasm 20).
3
Toʻgʻri suv qattiqligini tayinlagandan keyin, tasdiqlash uchun OK belgisini bosing.
¿Tiene más preguntas?¿No ha encontrado la solución a su problema en el manual o tiene otros problemas? Haga su pregunta en el siguiente formulario con una descripción detallada de su situación para que otras personas y expertos puedan responderla. Si sabe cómo resolver el problema de otra persona, ayúdele :)